Saylovchilar partiyamiz faoliyatini qo‘llab-quvvatlamoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 15-08-2024, 14:58
Ma’lumki, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan joriy yilning 27 oktyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar uchun bo‘lib o‘tadigan saylov kampaniyasiga start berildi.

Ayni kunlarda siyosiy partiyalar tomonidan ushbu jarayonga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Albatta, siyosiy partiyalarning saylov kampaniyasi davridagi ishtiroki o‘ziga xos jarayonlarni qamrab oladi. Ana shulardan biri bu — imzo to‘plash jarayonlaridir. Sababi, imzo to‘plash jarayonlari siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishi bilan bog‘liq bo‘lgan eng muhim ikki talabning biri sanaladi.

Chunki Saylov kodekisning 68-moddasiga muvofiq saylovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan siyosiy partiya saylov kampaniyasi boshlanganligi e’lon qilingan kundan kamida to‘rt oy oldin O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan bo‘lishi lozim. Shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga bo‘ladigan saylovda ishtirok etishga ruxsat olish uchun kamida 40 ming saylovchilarning imzolarini to‘plashi kerak.

Ushbu talabdan kelib chiqib, “Adolat” SDP Toshkent shahar Kengashi tomonidan ham ayni kunlarda Poytaxtimizdagi aholi gavjum joylarda hamda partiya tomonidan tashkil etilayotgan tadbirlar doirasida belgilangan tartibda saylovchilar imzolari to‘planmoqda.

Shu o‘rinda aytib o‘tish joyizki, ushbu imzo to‘plash jarayoni hech shubhasiz partiyalarning targ‘ibot davrida o‘z elektorati va saylovchilar ishonchini qozonish bilan bog‘liq bo‘lgan ilk qadam ham deyish mumkin. Boisi, imzo to‘plash jarayoni katta siyosiy jarayon oldidan siyosiy partiyalar uchun “dastlabki sinov” vazifasini bajaradi. Siyosiy partiyalar saylovchilar imzolarini to‘plash orqali o‘z tarafdorlari va g‘oyadoshlari bor ekanligini his qiladi.

Ya’ni agar siyosiy partiya o‘tgan besh yillikda o‘z dasturida ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslarni to‘laqonli amalga oshiraolsa, shu bilan birga, partiyaviy loyihalari doirasida xalqimiz ko‘nglidan joy egallab, ularning ishonchini qozongan bo‘lsa imzo to‘plash jarayonlarida buni to‘laqonli his qilishi va saylovchilarning o‘z imzolari bilan faol qo‘llab-quvvatlashiga erishishi mumkin.
Shu o‘rinda aytib o‘tish mumkinki, “Adolat” SDP 2020-2024 yillar davomida “Muammo bilan yuzma-yuz”, “Bir oyda bir ish o‘rni”, “Bor mehrimiz senga, bolajon”, “Salomatlik yo‘lida birlashaylik” va “Farzandlari sog‘lom yurt - qudratli bo‘lur!” kabi 10 ga yaqin partiya loyihalari doirasida xalqimiz ichiga kirib bora oldi.
Ushbu loyihalar doirasida minglab fuqarolarimizning muammolari hal etilib, ko‘plab yoshlarimiz hamda xotin-qizlarimizning tashabbuslari faol qo‘llab-quvvatlandi. Shuningdek, joylarda partiya deputatlik guruhlari orqali saylovchilar muammolari hal etib kelinmoqda. Erishilgan natijalar ro‘yobini esa bugun imzo yig‘ish jarayonlaridagi fuqarolarimiz faolligidan ham ko‘rish mumkin. Har bir tashkil etilayotgan imzo to‘plash punktlarida partiyamiz g‘oyalariga xayrixoh bo‘lgan saylovchilar imzolarini olish bilan birgalikda, ularga partiyamiz g‘oya va maqsadlari hamda partiyaviy loyihalar haqida to‘laqonli ma’lumotlar ham berib borilmoqda.
Jumladan, partiyaning aholi bandligini ta’minlashga qartilgan “Bir oyda bir ish o‘rni” hamda butun respublikamiz bo‘yilab keng quloch yoygan “Bor mehrimiz senga, bolajon” donorlik aksiyasi yurdoshlarimizda katta qiziqish uyg‘otmoqda.
O‘ylaymanki, saylovchilarimizning faol qo‘llab-quvvatlashlari sabab “Adolat” SDP ham belgilangan muddatda to‘plangan imzolarni Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etadi hamda bo‘lajak saylovlarda o‘z xalqchil g‘oyalari va munosib nomzodlari bilan ishtirok etadi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati