Shavkat Mirziyoyev Putin bilan telefon orqali suhbatlashdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 15-08-2024, 14:30
15 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish, keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini chuqurlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari joriy yilning 26-28 may kunlari Rossiya Federasiyasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasiga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar ijrosining borishini muhokama qildilar.

Tovar ayirboshlash hajmini oshirish, ikki mamlakat yetakchi korxonalari va hududlari o‘rtasidagi kooperasiya aloqalarini rivojlantirish, qo‘shma investisiya loyihalari va gumanitar dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan choralar ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Suhbat chog‘ida bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati