Sirojiddin O‘sarov madaniyat vazirining matbuot kotibi bo‘ldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 5
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 15-08-2024, 13:34
O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining matbuot kotibi tayinlandi.

O‘sarov Sirojiddin Baxriddinovich - Madaniyat vazirligi matbuot xizmati rahbari — vazirning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

U 1993 yilning 15 aprelida Samarqand viloyati, Urgut tumanida tavallud topgan. 2017 yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jurnalistika fakultetini tamomlagan. Jurnalistika sohasida 10 yillik mehnat tajribasiga ega.

Dastlab O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» radiokanalining ijtimoiy-siyosiy eshittirishlarida, «Toshkent» telekanalining «Intervyu 24» hamda «Toshkent 24» ko‘rsatuvlarida boshlovchi va muharrir lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Tayinlovga qadar 2019 yildan «ZO‘R TV» telekanalining «Bu kun» informasion dasturi boshlovchisi hamda «O‘zimizda» tok-shousi muharriri va boshlovchisi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Shuningdek, respublikamizda milliy kontentlar sonini va ko‘lamini oshirish maqsadida, internet tarmog‘ida «Protokol» loyihasini yo‘lga qo‘ydi. Loyiha orqali turli sohalarda faoliyat yuritib, mahalliy va xalqaro darajada tan olingan muvaffaqiyatli shaxslarning turmush tarzi yoritib kelinmoqda.
Lavozimga tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi xulosasiga ko‘ra amalga oshirildi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati