Google Bayden va Tramp kompaniyalariga xakerlik hujumlarini tasdiqladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 15-08-2024, 13:18
——— "Google" Eron tomonidan AQSh prezidenti Djo Bayden va prezidentlikka nomzod Donald Trampning saylovoldi shtab-kvartirasiga kiberhujum sodir etilganini tasdiqladi. Bu haqda kompaniya hisobotida ma’lum qilingan.

Tehron (Eron) tomonidan qo‘llab-quvvatlangan xakerlar guruhi may va iyun oylarida Bayden va Tramp bilan bog‘liq bo‘lgan o‘nga yaqin odamning elektron pochta manzilini nishonga oldi. Ular orasida Amerikaning amaldagi va sobiq amaldorlari hamda saylovoldi kampaniyalari bilan aloqador shaxslar bor.

"Google"da mavjud bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra, xakerlar guruhi akkauntlarni buzishga urinishlarini to‘xtatmoqchi emas va buning uchun yangi usullardan foydalanmoqda.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati