Shveysariyada Sudanda tinchlik o‘rnatish bo‘yicha muzokaralar boshlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 15-08-2024, 11:52
Shveysariyada 14 avgust, chorshanba kuni Sudanda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar boshlandi. Ikki qarama-qarshi tomondan Sudan armiyasi emas, faqat Tezkor harakat kuchlari (RSF) vakillari ishtirok etmoqda, deb yozadi AFP Amerika elchixonasi diplomatiga tayanib. Muzokaralar AQSh shafeligida olib borilmoqda.

AQShning Sudan bo‘yicha maxsus vakili Tom Perriyello aytishicha, uchrashuv ishtirokchilari 2023 yilda Saudiya Arabistoni Jidda shahrida tuzilgan shartnomalar bo‘yicha tomonlar o‘z majburiyatlarini bajarishga e’tibor qaratgan. «Urishayotgan tomonlar xalqaro gumanitar huquqni hurmat qilishi va insonparvarlik yordami yetkazib berilishini ta’minlashi kerak. Qurollarni bir chetga olib qo‘yish vaqti keldi!» - deb yozdi diplomat X ijtimoiy tarmog‘ida.

Xavfsizlik nuqtayi nazaridan muzokaralar qayerda bo‘lib o‘tishi aniq ma’lum qilinmagan. Ular maksimal o‘n kun davom etishi kutilmoqda. Uchrashuvda Saudiya Arabistoni va Shveysariya vakillari ham ishtirok etmoqda. Muzokaralarda Afrika Ittifoqi, Misr, Birlashgan Arab Amirliklari va BMT vakillari kuzatuvchi sifatida qatnashadi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati