Ufada tungi klubni yoqib yuborgan ikki nafar o‘zbekistonlik qamaldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 15-08-2024, 11:32
Ufa sudi tungi klubga ruxsat berilmagani uchun unga o‘t qo‘ygan o‘zbekistonlik ikki muhojirni 10 va 11 yillik qamoq jazosiga hukm qildi, deb xabar bermoqda Rossiya Tergov qo‘mitasining Boshqirdiston Respublikasi bo‘yicha tergov boshqarmasi Matbuot xizmati.

Holat 2023 yil sentyabr oyi oxirida Ufadagi Meet Point tungi klubida yuz bergan. Qo‘riqchilar mast holatda bo‘lgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosini tungi klubga kiritmagan. Keyin ular yaqin atrofdagi yoqilg‘i quyish shoxobchasidan benzin sotib olib, uni klubning kiraverishiga, qo‘riqchiga quyib, yoqib yuborishgan. Yong‘in natijasida hech kim jabrlanmagan, klub xodimlari yong‘inni o‘zlari bartaraf etishgan.

"Sud sudlanuvchilarning biriga 11 yil, uning sherigiga esa 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. Har ikkala mahkum ham jazoni qattiq tartibli axloq tuzatish koloniyasida o‘tashi belgilandi. Shuningdek, jabrlanuvchiga 200 ming rubl miqdorida ma’naviy zarar undirilishi belgilandi", - deyiladi xabarda.

Shundan so‘ng, sudlanuvchilar Moskvaga uchib ketishga harakat qilishgan, ammo ular aeroportda qo‘lga olingan. Ular oldindan til biriktirib, bir guruh odamlar tomonidan umumiy xavfli tarzda o‘ziga xos shafqatsizlik bilan sodir etilgan qotillikka urinishda ayblangan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati