Xitoy 10 daqiqada quvvat oladigan elektromobil akkumulyatori yaratdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 15-08-2024, 11:12
Xitoyning “Geely” kompaniyasiga tegishli “Zeekr” brendi o‘tgan yil dekabr oyida kimyoviy tarkibida BYD ishlab chiqqan ilg‘or “Blade Battery”ni takrorlagan “Golden Battery” tortish batareyasini taqdim etdi. “Zeekr” akkumulyatorining ikkinchi avlodi 10,5 daqiqada 10 foizdan 80 foizgacha quvvat olish imkoniga ega va yangilangan “Zeekr 007” elektr sedani xaridorlari uchun allaqachon taklif etilgan.

“CnEVPost” sayti xabar berishicha, kompaniya yangilangan “Zeekr 001” va 007 ga navbatdagi model uchun yillik buyurtma qabul qila boshlagan. An’anaviy CLTC turkumi bo‘yicha 265 km kruiz masofasini to‘ldirish uchun besh daqiqa quvvatlanish kifoya qiladi, 15 daqiqada esa 582 kmga yetarli quvvat olish mumkin. Umuman, 75 kVt/soat quvvatga ega bunday akkumulyator bilan jihozlangan sedan qayta quvvatlanmasdan 688 km yo‘ni bosib o‘tishga qodir.

Yangi qurilma hatto nikel, marganes va kobaltni birlashtirgan qimmatroq uch komponentli akkumulyatorni quvvatlash vaqtidan ham tez ishlaydi.

Ikkinchi avlod “Golden Battery” birinchi avlodga nisbatan 30 foiz tez quvvat oladi va 15 daqiqalik quvvat bilan 500 km dan ko‘p masofani bosib o‘tdi. “Zeekr” ma’lumotiga ko‘ra, ushbu batareya tijoriy maqsadda ishlab chiqarilgan barcha moslamalar orasida zaryadlanish tezligi bo‘yicha rekord o‘rnatadi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati