Yangi yadroviy kelishuv bo‘lmaydi: Eron sanksiyalarni bekor qilishga e’tibor qaratmoqchi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 6
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 15-08-2024, 10:52

Eron tashqi ishlar vaziri lavozimiga nomzod Abbos Aragchi yadroviy kelishuvni qayta tiklash imkoniyatini istisno qildi, deb yozadi Tasnim.

Aragchining aytishicha, yangi hukumat asosiy e’tiborni sanksiyalarni bekor qilishga qaratadi, ammo yadroviy kelishuvni qayta tiklamaydi. Aragchi, shuningdek, Eron hech qachon Qo‘shma Shtatlar bilan mojaroga barham bera olmasligini, lekin odamlar cheklovlardan kamroq azob chekishi uchun uni boshqara olishini ta’kidladi.

Yadroviy kelishuv 2015 yilda Eron va AQSH, Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya o‘rtasida imzolangan. Unda Eronga qarshi xalqaro sanksiyalarni bekor qilish evaziga uning yadroviy dasturi bo‘yicha cheklovlar nazarda tutilgan edi. 2018 yilning may oyida AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp kelishuvdan chiqqan edi. Shartnomani tiklash bo‘yicha muzokaralar 2021 yilda boshlangan, ammo muvaffaqiyatsiz bo‘lgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati