Rossiya benzin eksporti cheklovini yil oxirigacha uzaytirdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 15-08-2024, 10:28
Rossiya Federasiyasi hukumati 1 sentyabrdan benzin eksportiga yangi cheklov kiritdi. Mahalliy OAV xabar berishicha, joriy yil 1 sentyabrdan 31 dekabrgacha yonilg‘ini chetga chiqarish bo‘yicha yana taqiq joriy qilindi. Bu haqda maxsus qaror imzolandi. Mavsumiy talab davom etayotgan, neftni qayta ishlash zavodlarida rejali ta’mirlash ishlari olib borilayotgan davrda bozor barqarorligini saqlab qolish uchun shunday yo‘l tutilgan.

Cheklov xalqaro hukumatlar aro shartnomalar, jumladan Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar fuqarolari tomonidan shaxsan foydalanish uchun eksport qilinadigan, shuningdek xalqaro gumanitar yordam ko‘rsatish maqsadida jo‘natiladigan yonilg‘iga taalluqli bo‘lmaydi.

Hozir Rossiyada benzin eksportiga hukumat tomonidan 2024 yil 1 martdan 31 avgustgacha joriy qilingan vaqtincha cheklov mavjud.

Umuman, ayni choralar ichki bozorni benzin bilan to‘ldirish, ayrim korxonalar tomonidan neftni qayta ishlash hajmi kamayib ketishining oldini olish maqsadida ko‘rilyapti.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati