Saraton bilan kasallanish xavfini oshiruvchi yana bir omil aniqlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 6
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 15-08-2024, 10:08
Tatuirovkalar butun dunyoda bir necha o‘n yillar oldingiga qaraganda hozir ancha keng tarqalgan. Ammo ular mashhurligining global o‘sishi bilan bir qatorda, jahon bo‘ylab limfa tizimining saratoni bo‘lgan limfoma bilan kasallanish holatlarining o‘sishi ham kuzatildi. Shvesiyadagi Lund universiteti tadqiqotchilari yangi tadqiqotda bu ikki o‘sish o‘rtasidagi aloqadorlikni tekshirishdi.

Limfa immun tizimining bir qismidir. U organizmdagi suyuqlik muvozanatini saqlaydi va infeksiyalardan himoya qiladi. Limfa tizimini zararlovchi saratonning ikkita asosiy turi mavjud: barcha limfomalarning taxminan 90 foizini tashkil etadigan Xojkin bo‘lmagan limfoma (XBL) va Xojkin limfomasi. XBLning 40 ga yaqin kichik turlari mavjud bo‘lib, ular o‘sish va tarqalish sur’atlari bilan farq qiladi. XBL saratonning eng keng tarqalgan turlaridan biri bo‘lib, har qanday yoshda paydo bo‘lishi mumkin.

“Chekish va yosh kabi boshqa muhim omillarni hisobga olganimizdan so‘ng, biz tatuirovka qilinganlar orasida limfoma rivojlanish xavfi 21 foizga yuqori ekanligini aniqladik, — dedi Lund universitetining epidemiologiya kafedrasi dosenti va tadqiqot muallifi Kristel Nilsen. — Endi natijalarni boshqa tadqiqotlar doirasida ham tekshirib ko‘rish va o‘rganish zarur va bu ishlar davom etmoqda”.

Ma’lumotlarni tahlil qilishdan oldin, olimlar kattaroq tatuirovka limfoma rivojlanish xavfini oshirishi mumkinligini taxmin qilishdi. Ammo natijalar shuni ko‘rsatdiki, tatuirovka kattaligidan qat’iy nazar saraton bilan kasallanish xavfi saqlanib qoladi.

Oldingi tadqiqotlar shuni ko‘rsatgan ediki, tatuirovka siyohining zarralari limfa tugunlarigacha o‘tishi mumkin.

Tadqiqotchilar endi tatuirovka va saratonning boshqa turlari, shuningdek, yallig‘lanish kasalliklari o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganib chiqishadi.
Tadqiqot “eClinical Medicine” jurnalida chop etildi.
*Och yashil rangli lenta XBLga qarshi kurash timsoli hisoblanadi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati