• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Xalqaro standartlar olimpiadasida o‘quvchilarimiz 3 tadan oltin kumush medaliga sazovor bo‘ldi

Xalqaro standartlar olimpiadasida o‘quvchilarimiz 3 tadan oltin kumush medaliga sazovor bo‘ldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 5
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 15-08-2024, 09:32
Ma’lumki, joriy yilning 12-13-avgust kunlari Koreya Respublikasida bo‘lib o‘tgan 19-Xalqaro standartlar olimpiadasi (ISO- International Standards Olympiad)da o‘zbekistonlik yoshlar ilk marotaba ishtirok etdi.

Mazkur xalqaro olimpiadada o‘quvchilarimiz yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, oltin va kumush medallarini qo‘lga kiritdi:

Oltin medal – Asliddin Olimjonov, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o‘quvchisi;

Oltin medal – Javlon Hasanov, Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi;

Oltin medal – Islom Boyqobilov, Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi;

Kumush medal –Umar Azimov, Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi;
Kumush medal – Diyoraxon Mahmudova, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf o‘quvchisi;
Kumush medal – Ibrohim Ismoilov, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf o‘quvchisi.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, Xalqaro standartlar olimpiadasi butun dunyo bo‘ylab o‘rta maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi.
Turnir 2014 yilda sinov tariqasida xalqaro miqyosda o‘tkazilgan bo‘lib, 2015 yildan boshlab rasman xalqaro olimpiada sifatida tan olingan.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati