So‘mning nominal va real samarali almashuv kurslari hisoblab chiqildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 6
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 15-08-2024, 09:22
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) ekspertlari tomonidan 2019-yilning yanvar oyidan 2024-yilning iyun oyigacha bo‘lgan davr uchun so‘mning nominal va real samarali almashuv kurslari hisoblab chiqildi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2019-yildan 2023-yilgacha real samarali almashuv kursi 7,6 foizga mustahkamlangan, nominal samarali almashuv kursi esa deyarli 6,6 foizga pasaygan.

2024-yil boshidan real samarali almashuv kursi biroz pasaya boshladi va o‘z navbatida, nominal samarali almashuv kursi deyarli bir xil darajada saqlanib qoldi.

Nominal va real samarali valyuta kurslarining o‘zgarishiga 3 ta asosiy omil ta’sir ko‘rsatdi :

1. Nominal kurs summasining o‘zgarishi. 2023-yilning boshidan 2024-yilning iyun oyigacha bo‘lgan davrda ichki valyuta bozorida so‘m AQSh dollariga nisbatan taxminan 12 foizga qadrsizlandi. 2023-yilning boshidan buyon Rossiya (34 foiz) va Turkiya (72 foiz) da sezilarli devalvasiya tendensiyasi kuzatilgan bo‘lsa, Xitoy (7,5 foiz) va Janubiy Koreya (9 foiz) milliy valyutalarining qadrsizlanish sur’atlari o‘rtacha darajada saqlanib qoldi.

2. O‘zbekiston va uning savdo hamkori bo‘lgan mamlakatlarda narxlar darajasining o‘zgarishi. 2024-yilning iyun oyidagi holatga ko‘ra, Xitoyda yillik inflyasiya 0,2 foizni, Rossiyada 8,6 foizni, Qozog‘istonda 8,4 foizni, Turkiyada 71,6 foizni, Tojikistonda 3,5 foizni tashkil etdi. O‘zbekistonda yillik inflyasiya (2023-yil iyuniga kelib) 10,6 foizgacha tezlashdi.
3. O‘zbekistonning tashqi savdosida asosiy savdo hamkorimiz bo‘lgan mamlakatlar ulushi. Respublikaning tashqi savdo aylanmasida hamkor mamlakatning ulushi qancha ko‘p bo‘lsa, o‘zbek so‘mi almashuv kursining ushbu mamlakat valyutasiga bog‘liqligi shuncha yuqori bo‘ladi va bu mamlakatda narxlarning o‘zgarishi so‘mning samarali almashuv kurslariga kuchliroq ta’sir qiladi. Natijada, Rossiya, Qozog‘iston, Xitoy va Turkiyadagi inflyasiya jarayonlari va valyuta kurslarining o‘zgarishi so‘mning real samarali almashuv kursi indeksi dinamikasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati