Qozog‘iston sobiq Prezidentining jiyani 1,6 milliard dollarni davlatga qaytardi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 7
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 15-08-2024, 09:16
Qozog‘iston Korrupsiyaga qarshi kurash xizmati mamlakat sobiq Prezidenti Nursulton Nazarboyevning jiyani Qayrat Satibaldi tomonidan davlatga qaytarilgan aktivlar haqida xabar berdi. Departament ma’lumotiga ko‘ra, 2022 yildan buyon Satibaldi va unga aloqador shaxslar noqonuniy qo‘lga kiritgan 732,8 milliard tenge yoki 1,6 milliard dollardan ko‘proq qiymatdagi mulkiy aktivlar va mablag‘, jumladan Avstriya, Lixtenshteyn, BAA, Turkiya kabi davlatlarda topilgan 661,5 million dollar davlat g‘aznasiga kirim qilingan.

Ushbu moddiy boylik ma’muriy bino, eksklyuziv zargarlik buyumlari, hashamatli uy, kvartira va avtomobil, kompaniyalardagi ulush va boshqa mablag‘lar ko‘rinishida ekani aytilgan.

Aksil korrupsiya tizimi xodimlari qaytgan aktivlarning bir qismini e’lon qildi. Bu – “Kazaktelekom” AK va “CFTS” AJ aksiyalarining 28,8 foizi, to‘rt kompaniyadagi ishtirok ulushi, 230 million dollarlik eksklyuziv zargarlik buyumlari. Avstriyadan 82,1 million dollar, Lixtenshteyndan 260,5 million dollar, BAAdan 14 million dollar, Turkiyadan 2,2 milliard tenge yoki 4,92 million dollar qaytarildi.

Bundan tashqari mamlakatdagi 115 ob’ekt davlat mulkiga aylantirildi: 13 uy, 10 bino, 13 yer maydoni, 4 xonadon, 2 madrasa binosi, 2 avtoturargoh, qurilishi tugallanmagan bir ob’ekt. Shuningdek, 29 avtomashina, beshta maxsus texnika topshirildi.

– Mulkning bir qismi yaqin qarindoshlar, filiallar va nazoratdagi kompaniyalar nomiga rasmiylashtirilgan, – ta’kidlanadi banotda. – Ostona va Olmaota shaharlarida davlat ixtiyoriga o‘tkazilgan ma’muriy binolarning umumiy maydoni 180 ming kvadrat metrdan oshadi.

Hashamatli ob’ektlardan biri – Satibaldining Oqmola viloyati Barap qishlog‘idagi sobiq qarorgohining umumiy maydoni 1,5 ming kvadrat metr. Mazkur hudud 135 gektar yer maydoni bilan birga Ostona shahri ta’lim boshqarmasiga berilgan.
Qayrat Satibaldi 2022 yil mart oyida hibsga olinib, sentyabrda “Kazaxtelekom”da o‘g‘irlik va firibgarlik tizimini tashkil qilgani uchun olti yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati