Baliqchida muassasa xodimlariga ustama pullari undirib berildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 8
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 15-08-2024, 07:46
Baliqchi tumanidagi 9-maxsus suyak kasalliklari maktab-internati davlat muassasasining 3 nafar xodimlari oylik maoshlariga qo‘shimcha ravishda belgilangan ustama pullarini ololmayotganidan norozi bo‘lib sudga murojaat qilishgan hamda to‘lanmagan ish haqlarini undirish bo‘yicha da’vo arizasi kiritgan.

Mazkur da’vo asosida fuqarolik ishlari bo‘yicha Izboskan tumanlararo sudi tomonidan 9-maxsus suyak kasalliklari maktab-internatidan 3 nafar xodimlariga bo‘lgan jami 161 487 660 so‘m miqdoridagi ish haqlarini undirish to‘g‘risida ijro varaqasi chiqarilgan.

Ish haqlarini undirish bo‘yicha chiqarilgan ijro hujjatlari Byuroning Baliqchi tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgach, tegishli tartibda ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan ijro harakatlari natijasida qarzdor muassasadan jami 161 487 660 so‘m so‘m miqdoridagi qarzdorlik to‘liq undirilib, undiruvchilarning bank plastik raqamlariga o‘tkazib berilishi ta’minlandi.

Jumladan, fuqarolar G.N. va G.I.ga 52 589 892 so‘mdan, S.X.ga 56 307 876 so‘m undirib berildi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati