Lukaku Angliyaga qaytishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 22:36
Seshanba oqshomida "Uembli" stadionida bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvida Angliya va Belgiya terma jamoalari 2:2 hisobida durang o‘ynadi.

O‘yindan so‘ng "qizil iblislar" hujumchisi Romelu Lukaku jurnalistlar bilan suhbatlashdi. Belgiyalik futbolchidan "Chelsi"ga qaytishi mumkinligi haqida so‘rashdi.

"Bilmayman. Bu haqda "Chelsi"dan so‘rasangiz yaxshi bo‘lardi", - dedi Lukaku jurnalistlarga.

Xabaringiz bor, 30 yoshli Lukaku ayni damda Italiyaning “Roma” klubida ijara asosida o‘ynamoqda. Shu bilan birga, forvardning "Chelsi" bilan shartnomasi 2026 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan.

Eslatib o‘tamiz, yozda Belgiya terma jamoasi Yevro-2024 da ishtirok etadi. Jamoaning guruhdagi raqiblari Ruminiya, Slovakiya va Ukraina terma jamoalari bo‘ladi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati