Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri 7 yilga qamaldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 6
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 15-08-2024, 07:02
2017 yildan 2021 yilgacha Uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri, 2021 yildan 2023 yilgacha Nurafshon shahar hokimi lavozimida ishlagan sobiq mansabdor Muzaffar Saliyev 7 yilga qamaldi.

Sobiq hokim ishi joriy yilning 13 mart kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqilgan. Hukmda yozilishicha, sobiq amaldor O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) “a” va “v” bandlari, 209-modda (Mansab soxtakorligi) 2-qismining “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan. U 3 yil mansabdor va moddiy javobgar shaxs lavozimida ishlash huquqidan mahrum qilingan va uzil-kesil 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tattirish belgilangan.

Joriy yilning 30 iyul kuni Toshkent shahar sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyasiya instansiyasida mazkur ishni ko‘rib chiqdi. Sud ajrimiga ko‘ra, birinchi instansiya sudining hukmi o‘zgarishsiz qoldirildi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati