• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Kurskdagi to‘qnashuvlar Rossiya gazining Ukraina orqali Yevropaga yetkazilishi borasida xavotir uyg‘otdi

Kurskdagi to‘qnashuvlar Rossiya gazining Ukraina orqali Yevropaga yetkazilishi borasida xavotir uyg‘otdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 5
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 14-08-2024, 23:50

Rossiya gazining Yevropaga Ukraina orqali olib o‘tiladigan yagona tranzit yo‘li o‘tgan Kursk viloyatidagi Sudja shahri yaqinida sodir bo‘lgan shiddatli to‘qnashuvlar Yevropa davlatlarining energiya ta’minoti bilan bog‘liq xavotirlarni kuchaytirdi.

Rossiya va Ukraina armiyalari o‘rtasida 6 avgust kuni Kursk viloyatida, jumladan, Sudja gaz o‘lchash stansiyasi (GIS) joylashgan Sudjanskiy tumanida boshlangan to‘qnashuvlar davom etmoqda.

Rossiya gaz quvurining yagona joriy kirish nuqtasi atrofidagi mavjud vaziyat Evropada ushbu xom ashyo narxining oshishiga olib keldi va bu yil eng yuqori darajaga yetdi.

Xususan, Niderlandiyadagi TTF hubidagi sentyabr fyucherslari narxi 10 avgust holatiga ko‘ra 40 yevro 1 MVt/soatga, ya’ni o‘tgan yilning dekabridan buyon maksimal darajaga ko‘tarilgan.

Rossiyaning «Gazprom» energetika kompaniyasi Sudja GIS orqali o‘rtacha 42,4 million kub metr gaz yetkazib berishni davom ettirayotganini ma’lum qildi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati