Rasmus Xoylund: «Imkon qadar tezroq qaytmoqchiman»

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 44
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-03-2024, 00:26
APLning fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olingan «MYU» hujumchisi Rasmus Xoylund chindan ham, orada samaradorlikni oshirgandi.

Aniqroq aytsak, daniyalik futbolchi ortda qolgan oy 4ta o‘yinda 5ta gol urdi. Ya’ni «Vulverxempton», «Vest Xem», «Aston Villa» va «Luton» darvozabonlari Xoylunddan «nasiba» olishdi. Aslida Rasmusning fevraldagi statistikasi yanada zalvorli bo‘lishi mumkin edi, biroq u «MYU»ning «Fulxem»ga qarshi uy o‘yini- (1:2)da jarohat tufayli ishtirok etolmadi. Klub rasmiy sayti esa daniyalikni individual sovrin bilan qutlash bahonasida undan ixcham intervyu oldi.

- Rasmus, avvalo, shaxsiy mukofotga munosib ko‘rilganingiz bilan tabriklaymiz!

- Rahmat. Albatta, bunday sovrin olish, ayniqsa, kuchli nomzodlar qatorida g‘olib chiqish juda yoqimli va sharafli. Tabiiyki, oy laureatiga atalgan mukofotni qo‘lga kiritganimdan bag‘oyat mamnunman.

- O‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rish masalasida o‘zgacha biror uslubingiz bormi?

- Har doim maydonga tushish arafasida salohiyatimga to‘liq ishonishimni takrorlayman. Bu orqali ichki energiyamni qo‘zg‘ataman. Albatta, agar gol ursangiz, o‘z-o‘zidan kuchingizga kuch qo‘shiladi. Oddiy aytganda, yaxshi holatda ekanligingizga ishonchingiz ortadi va kayfiyatingiz ko‘tariladi. Shu tariqa keyingi bahsni sabrsiz kuta boshlaysiz.
- Xo‘sh, fevral oyidagi 5ta golingizdan qay birini alohida e’tirof etasiz?
- Barchasi o‘ziga xos va muhim. Lekin agar 1tasini ko‘rsatish so‘ralsa, «Luton» darvozasiga ko‘kragim bilan urilganini aytaman. Bu gol avvalo, o‘zimga yoqdi. O‘ylashimcha, yaxshi sport formasida bo‘lganingizda, har qanday harakatingiz o‘zingiz uchun tabiiydek tuyuladi. Yo‘q, o‘zimni maqtash niyatim yo‘q, ammo o‘sha gol vaziyatidagi xatti-harakatdan o‘zgacha rohatlandim, hayratlanarli holat. Shundan kelib chiqsak, mukammallik sari intilayotganimni ta’kidlashim mumkin.
- Oy laureati bo‘lishingizda jarohatlanishingizga qadar siz bilan ajoyib tarzda harakatlangan Reshford va Garnachoning hissalari qanday?
- Juda katta, albatta. Mash­g‘ulotlar jarayonida o‘zaro ko‘p ishladik va xatti-harakatlarimizni tushuna boshladik. Shuningdek, murabbiy o‘yin davomida pozisiyalarni o‘zgartirib turish huquqini bergani ham samara ko‘rsatdi. Menimcha, kuchli tomonlarimiz bilan bir-birimizga juda mos tushdik. Shunday ekan, Reshford va Garnachodan minnatdorman. Umuman, boshqa jamoadoshlarim - markaziy va orqa chiziq vakillaridan ham.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati