Namanganda “Dorifurush”dan 1,4 mlrd so‘m zarar undirib berildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 21
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 22:14
Majburiy ijro byurosi Yangi Namangan tuman bo‘limi ish yurituvidagi fuqarolar foydasiga zarar undirish bilan bog‘liq hujjatlar ijrosini taminlash borasida tizimli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Kuni kecha olib borilgan navbatdagi majburiy ijro harakatlaridan so‘ng fuqaro foydasiga salkam 1,4 mlrd so‘m zarar summasi to‘liq undirib berilishi ta’minlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro S.Q. Samarqand shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro J.S. bilan gaplashib, undan ko‘p miqdordagi dori vositasini sotib olishni aytadi. Uddaburon fuqaro J.S.ni ishonchiga kirib, dori vositalari pulini Namangan shahriga olib kelishgandan so‘ng berishini ma’lum qiladi. S.Q. jamiyatdan olgan 1 mlrd. 412 mln. 500 ming so‘mlik dori vositalarini olib, tanishlari orqali sotib yuboradi. Lekin “olarda kirar jonim, berarda chiqar jonim” deganlaridek, u pulni shaxsiy ehtiyoji uchun ishlatib, bermay keladi.

Oxir oqibat S.Q ni hatti-harakatlari ustidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralariga murojaat qiladi. Barcha dalillar o‘z isbotini topib, unga nisbatan sudning hukmi e’lon qilinadi. Unga ko‘ra, S.Q dan firibgarlik orqasidan yetkazilgan zararni undirish belgilanadi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Shirin shahar sudining 2024 yil 24 yanvardagi ijro varaqasi Byuroning Yangi Namangan tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro harakatlari olib borilgan.

Ijro harakatlari davomida yetkazilgan zarar summasi to‘liq undirib berilishi ta’minlandi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati