Putin Kongo Respublikasi Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 22:06
27 mart kuni Vladimir Putin Kongo Respublikasi Prezidenti Denis Sassu Ngesso bilan telefon orqali muloqot qildi.

Kongo Respublikasi Prezidenti Krokus Siti Xollda sodir etilgan vahshiy terakt munosabati bilan Rossiya Federasiyasi bilan chuqur hamdardlik va birdamlik tuyg‘ularini izhor qildi.

Ikki prezidentning o‘tgan yilning iyul oyida bo‘lib o‘tgan #Rossiya Afrika sammitidagi uchrashuvi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi. Denis Sassu Ngesso, xususan, rossiyalik epidemiologlarning Kongo Respublikasida yuqumli kasalliklar avj olishini bartaraf etish borasidagi samarali faoliyatini yuqori baholadi.

???? Shu oyda nishonlanadigan Rossiya va Kongo Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 60 yilligi inobatga olinib, siyosiy, savdo-iqtisodiy, gumanitar va boshqa sohalarda ikki tomonlama faol hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha o‘zaro majburiyat tasdiqlandi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati