Messi futboldan tashqari sportning qaysi turlarini yoqtirishi ma’lum bo‘ldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 12
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 21:36
"Inter Mayami" klubi va Argentina terma jamoasining yulduz hujumchisi Lionel Messi futboldan tashqari sevimli sport turlari nomini aytdi.

Messi savolga javob berar ekan, jahon chempioni to‘rtta sport turini ajratib ko‘rsatdi.

"Tennis, pedal, basketbol, ​​shuningdek, Amerika futboli. Men Amerika futboli haqida ko‘p narsalarni o‘rganyapman, uni yaxshiroq tushunaman va undan zavq olaman" - dedi Messi MBC Big Time podkastida.

Eslatib o‘tamiz, Leo Messi o‘tgan yozdan beri "Inter Mayami"da o‘ynamoqda. Argentinalik futbolchining MLS klubi bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi. Avvalroq, Messi Yevropada "Barselona" va "PSJ"da o‘ynagan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati