AQSh Mo‘g‘uliston sobiq bosh vazirining Nyu-Yorkdagi mulkini musodara qilmoqchi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 19
- Формат: mp4
- Дата релиза: 27-03-2024, 21:12
Qo‘shma Shtatlar Manxetten markazidan ikkita kvartirani 14 million dollarga sotib olgan Mo‘g‘ulistonning sobiq bosh vaziri Suxbaatarin Batboldning Nyu-Yorkdagi mulkini musodara qilmoqchi.
"Batbold o‘zining korrupsion sxemasidan tushgan daromadni Amerika Qo‘shma Shtatlari federal qonunini chetlab o‘tib, hashamatli ko‘chmas mulk sotib olish uchun ishlatgan", - dedi AQSh prokuraturasi.
AQSh Adliya vazirligining xabar berishicha, amaldor mulkni noqonuniy qazish ishlari bo‘yicha shartnomalari hisobidan sotib olgan.
Batbold 2009-2013 yillarda Mo‘g‘uliston bosh vaziri bo‘lgan. U vositachilar orqali nazorat qilgan kompaniya 68 million dollarlik konchilik shartnomasini olgan. Kompaniyaning tog‘-kon sanoatida tajribasi yo‘q edi, unga sobiq filolog o‘qituvchi rahbarlik qilgan. Sobiq bosh vazirning o‘zi, hozirda Mo‘g‘uliston parlamenti a’zosi, bu ayblovlarni rad etdi.