Toshkentda bir nechta fuqarolarning o‘zaro janjali ayanchli yakunlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 21:08
Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta fuqarolar o‘zaro janjallashganligi aks etgan video yuzasidan bayonot berildi.

Toshkent shahar IIBB axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi:

Joriy yilning 27 mart kuni taxminan soat 16.00 larda Yashnobod tumani, Farg‘ona yo‘li 3-berk ko‘chasida 5 nafar fuqarolar 1986 yilda tug‘ilgan E.A. va 1993 yilda tug‘ilgan X.A. bilan o‘zaro janjallashib ketganligi aniqlangan.

Janjal natijasida E.A. va X.A.lar tan jarohati olib tibbiyot muassasasiga murojaat qilishgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi («Bezorilik») alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati