Rossiya Tergov qo‘mitasi qurbonlarning 84 nafarini shaxsini aniqladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 20:42
Rossiya Tergov qo‘mitasi qurbonlardan Krokus Siti Xollga uyushtirilgan hujum paytida ularning qarindoshlari va do‘stlarining g‘oyib bo‘lgani haqida 143 ta bayonot oldi.

Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasi xabar berdi.

«Ayni damda halok bo‘lganlarning 84 nafari, jumladan, 9 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan besh nafar bolaning jasadi aniqlangan. Qolgan qurbonlarning shaxsini aniqlash maqsadida molekulyar genetik ekspertiza o‘tkazilmoqda», — deyiladi Rossiya Tergov qo‘mitasi xabarida.

Oxirgi rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Crocus City Hallga uyushtirilgan hujum oqibatida 140 kishi halok bo‘lgan, yana 360 kishi jarohatlangan.

Baza Telegram kanali bugun, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 95 kishi bedarak yo‘qolgan deb xabar berdi.

Bu ro‘yxatga qarindoshlari aloqaga chiqa olmaydigan, ammo halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar ro‘yxatida bo‘lmagan shaxslar ham bor, deb ta’kidladi telekanal.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati