Senegaldagi saylovlarda ko‘pxotinli nomzod g‘alaba qozondi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 20:26
Bassiru Faye bir vaqtning o‘zida ikki ayolga rasman uydangan Senegalning birinchi prezidenti bo‘ldi. Mamlakatda ko‘pxotinlilik keng tarqalgan holatdir. Bundan tashqari, mahalliy an’analarga ko‘ra, bu odamga yuqori ijtimoiy mavqe ham beradi.

44 yoshli Faye 19 nafar prezidentlikka nomzodlarning ichida eng yoshi edi. Senegalda ko‘pxotinlilikning keng tarqalishiga qaramay, u birdaniga ikki xotinni prezident saroyiga olib kelgan birinchi davlat rahbari bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda Senegalda birinchi xonim unvoniga kim ega bo‘lishi qizg‘in muhokama qilinmoqda. Bu haqda postlarda kinoyali mulohazalar mavjud. Boshqalar esa buni prezidentning saylovda g‘alaba qozonishdan tashqari yana bir muvaffaqiyati deb biladi. Ba’zilar esa ikki xotinga ega bo‘lish ovoz berish natijalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lishi mumkinligini aytmoqda.










Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati