Rossiya chegarachilari 1 avgustgacha Yerevan aeroportini tark etadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 13
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 20:04

Rossiya chegarachilarining Zvartnos aeroportidan olib chiqilishi masalasi nihoyat hal qilindi, Yerevan va Moskva endi buni muhokama qilmayapti. Bu haqda Armaniston parlamenti spikeri Alen Simonyan brifingda ma’lum qildi, deya xabar beradi «TASS» muxbiri.

“Armaniston uchun bu allaqachon hal qilingan masala, menimcha, bu yerda hech qanday munozara bo‘layotgani yo‘q. Bu jarayonni davlatlararo kelishuvning buzilishi sifatida ko‘rsatishga harakat qilinmoqda. Bu idoralararo kelishuv bo‘lib, uning maqsadi bu sohada arman chegarachilariga foyda keltirish va ularning og‘irini yengil qilish edi. <...> Biz sizning yordamingiz uchun minnatdormiz, ammo endi bu yordamga muhtoj emasmiz, dedi u va rossiyalik chegarachilar Zvartnotsni 2024 yilning 1 avgustiga qadar tark etishini aytdi.

Bundan tashqari, Armaniston va Rossiya 1992 yildagi davlatlararo shartnoma asosida qo‘riqlayotgan rossiyalik chegarachilarni arman-turk chegarasidan olib chiqish masalasini muhokama qilmayapti.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati