Xavining La Ligadagi diskvalifikasiyasi o‘z kuchida qoladi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 13
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 19:54
“Barselona” bosh murabbiyi Xavining La Ligadagi diskvalifikasiyasi o‘z kuchida qoladi.Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Ispaniya chempionati doirasida “Atletiko”ga qarshi kechgan bahsning (3:0) birinchi bo‘lim oxirida maydondan chetlatilgan edi. Mutaxassis hakam Xose Mariya Sanches Martines bilan tortishgani uchun 2 daqiqa ichida 2 ta sariq kartochka olgan.Ispaniya qirollik futbol federasiyasi Xavini chempionatning 2 ta o‘yiniga chetlatish bo‘yicha qaror qabul qilgan. “Barselona” esa bu borada apellyasiya bergan.Marca nashrining xabariga ko‘ra, ushbu apellyasiya rad etilgan va Xavining diskvalifikasiyasi o‘z kuchida qolgan. Shu tariqa murabbiy “Las-Palmas” va “Kadis”ga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi va “Real”ga qarshi o‘yinda qaytishi mumkin bo‘ladi.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati