Rahimbek Karimov Osiyo chempionlar ligasi yarim finalida ishlaydi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 12
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 19:52
Osiyo Chempionlar ligasining yarim finalidan o‘rin olgan «Al-Ayn» – «Al-Hilol» uchrashuvida ishlash uchun iordaniyalik hakamlar jamoasi tayinlov oldi. Quvonarli jihati, musobaqaning ushbu hal qiluvchi bahslaridan biriga bir nafar video assistentimiz ham jalb etildi.BAAning Al-Ayn shahrida o‘tadigan uchrashuvni boshqarish vazifasi Adham Muhammadga ishonib topshirildi. Unga qanotlarda hamyurtlari Muhammad Mustafo va Ahmad Muannas yordam bersa, malayziyalik Nazmi Nasaruddin zaxira hakami vazifasini bajaradi. VAR hakamlari sifatida esa vakilimiz Rahimbek Karimov hamda singapurlik Muhammad Toqi ro‘yxatdan joy olgan. Quyida ushbu uchrashuv ma’lumotlari bilan tanishing:Osiyo Chempionlar ligasi, yarim final«Al-Ayn» (BAA) – «Al-Hilol» (Saudiya Arabistoni)16.04.2024 | 21:00Hakamlar: Adham Muhammad, Muhammad Mustafo, Ahmad Muannas (barchasi — Iordaniya), Nazmi Nasaruddin (Malayziya).VAR: Rahimbek Karimov (O‘zbekiston)AVAR: Muhammad Toqi (Singapur).












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati