Fransiyaning Olimpiada uchun xarajati 2 milliard yevroga oshishi mumkin

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 12
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 19:48
Fransiya Auditorlar sudi birinchi raisi Per Moskovichining aytishicha, Parijda yozgi Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish uchun byudjet xarajatlari 3 milliard yevrodan 5 milliard yevrogacha ko‘tarilishi mumkin.Avvalroq Moskovichi Olimpiada o‘yinlari Fransiya g‘aznasiga 3 milliard yevroga tushishi haqida xabar bergan edi. “Olimpiada o‘yinlariga mezbonlik qilish qanchaga tushishini hali bilmaymiz. Musobaqadan so‘ng Hisob palatasi audit o‘tkazadi. O‘yinlar 3-5 milliard yevroga tushishi mumkin, ko‘ramiz. Xarajatlar davlat qarzi darajasiga ulkan ta’sir ko‘rsatmaydi”, — deya Moskovichining so‘zlarini keltirmoqda Inside the Games, France Inter nashriga tayanib.Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, Olimpiada o‘yinlari xarajatlari 9 milliard yevroga baholanmoqda, shundan tashkiliy qo‘mita xarajatlari 4 milliard yevrodan ortiqni tashkil qiladi.Parijdagi Olimpiya o‘yinlari 2024 yilning 26 iyulidan 11 avgustiga qadar bo‘lib o‘tadi.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati