Bombalanayotgan G‘azo: 173-kunning asosiy voqealari

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 18:00
Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 173 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.

▪️ Bosqinchilar Misr chegarasidan uncha uzoq bo‘lmagan Rafah shahriga katta hujumlar uyushtirdi. Nuseyrat, Xon Yunis va Jabaliya lagerlariga ham zarba berildi. Kun davomida 81 kishi shahid bo‘ldi, 93 kishi yaralandi.

▪️ Bosqinchilar Nosir kasalxonasiga bostirib kirdi, u yerda tibbiyot xodimlari va ko‘chirilganlar hibsga olindi.

▪️ G‘arbiy Sohilda ishg‘olchilar Jeninga bostirib kirdi, natijada 19 yoshli falastinlik shahid bo‘ldi, Nablisdagi uyida bir qiz halok bo‘ldi, yana 5 kishi esa og‘ir yaralandi.

▪️ Chet el samolyotlari tomonidan G‘azo sektoriga insonparvarlik yordami dengizga tushishi natijasida kamida 13 nafar falastinlik suvdan oziq-ovqat qutilarini olishga urinishda halok bo‘ldi.

▪️ Bosqinchilar Livan janubidagi Al-Xabariya shahriga hujum qildi. Hujum natijasida tez yordam markazining 7 nafar ko‘ngillisi halok bo‘ldi.
▪️ OAV: Livandan Yuqori Jalila tomon 30 dan ortiq raketa uchirildi. Kiryat Shmonada bir ko‘chmanchi yahudiy halok bo‘ldi. Katta vayronagarchiliklar mavjud.
▪️ Al-Qassam brigadalari: Jangchilarimiz Ar-Rashid ko‘chasida bir guruh bosqinchilarni yo‘q qildi.
▪️ HAMAS siyosiy byurosi a’zosi Izzat al-Rishq Isroilning ikki hafta muqaddam harakatdagi uchinchi muhim shaxs hisoblanuvchi Marvon Iso tunnelga uyushtirilgan havo hujumi natijasida halok bo‘lgani to‘g‘risidagi iddaosini shubhali deb atadi. U oxirgi so‘zni Izzad-Din al-Qassam brigadasi (HAMASning jangovar qanoti) aytishini ma’lum qildi.
▪️ G‘arbiy Sohildagi noqonuniy yahudiy aholi punktlaridan va Emmanuel sanoat zonasidan chiqarilgan suyuq va qattiq chiqindilar Falastin aholi salomatligiga tahdid solayotgani va qishloq xo‘jaligi yerlarini yomonlashtirayotgani ma’lum qilindi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati