Qozog‘iston g‘arbida yuk poyezdi relsdan chiqib ketdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 17:30
Qozog‘istonning Aqto‘be viloyati Shalkar tumanidagi Kauljyr stansiyasida yuk poyezdi relsdan chiqib ketdi. Bu haqda Qozog‘iston OAVlari Qozog‘istondagi temir yo‘l tarmog‘ining eng yirik operatori bo‘lmish NK KTZ AJga tayanib xabar berdi.

«Shalkar-Jem» uchastkasining «Qoviljir» stansiyasida yuk poyezdining 58 vagonidan sakkiztasi relsdan chiqib ketdi. Voqea 27 mart kuni soat 9.28 da sodir bo‘lgan.

«Jabrlanganlar va qurbonlar yo‘q. Qutqaruv poyezdlari zudlik bilan halokat joyiga jo‘natildi», — deyiladi xabarda.

Voqea sabablarini maxsus komissiya o‘rganmoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati