Iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 17:18
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrisabz tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Z.O. va boshqalar noqonuniy daromad orttirish maqsadida Shahrisabz shahri, “Xabarlik” MFY hududidagi noturar binoda alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi sexi tashkil etganligi aniqlanib, ushbu yashirin sexdan 960 dona qalbaki aksiz marka, 15 dona “PARLAMENT” nomli qo‘lbola alkogol mahsuloti, 180 litr spirt, 1 800 dona “PARLAMENT” nomli alkogol quti va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Buxoro shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda G‘ijduvon tumanidagi “J.D.” MCHJ rahbari J.B. va boshqalar qo‘lbola usulda ishlab chiqarilgan 5 turdagi 873 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotini MCHJ savdo do‘konida sotuvga qo‘yganligi aniqlanib, ushbu alkogol mahsulotlari va 256 quti aksiz markasiz tamaki mahsuloti ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati