Manchester Sitining asosiy himoyachisi Arsenalga qarshi maydonga tushmasligi mumkin

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 11
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 16:28
"Manchester Siti"ning o‘ng qanot himoyachisi Kayl Uoker jamoasining navbatdagi Londonning "Arsenal" jamoasiga qarshi o‘yinini o‘tkazib yuborishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, Uoker Angliya terma jamoasi safida jarohat olgan edi.

Sky Sports nashri xabariga ko‘ra, Uokerning "Arsenal"ga qarshi o‘yinda ishtirok etish imkoniyati 50/50. "Shaharliklar" tibbiyot shtabi angliyalik futbolchini mavsumning eng muhim uchrashuvlaridan biri oldidan oyoqqa turg‘azish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda “Arsenal” APL turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda, ammo “Manchester Siti” londonliklardan atigi bir ochko ortda qolmoqda. Uoker bu mavsumda Premyer-ligada ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati