Keyn jamoaning umumiy mashg‘ulotlariga qaytdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 13
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 16:00
Myunxenning "Bavariya" klubi hujumchisi Xarri Keyn umumiy guruhdagi mashg‘ulotlarni davom ettirdi.

Jurnalist Torben Xoffmanning xabariga ko‘ra, angliyalik futbolchi qolgan jamoalar qatori Dortmundning "Borussiya" jamoasi bilan o‘yinga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Germaniya Bundesligasining so‘nggi turida "Darmshtadt" bilan o‘yinda Keyn jarohat olgan va shu sabab Braziliya va Belgiya bilan o‘yinlarda Angliya termasiga yordam bera olmagandi.

Boz ustiga, so‘nggi kunlarda hujumchi terma jamoa ixtiyorida bo‘ldi. Mavsum tugaguniga qadar Keyn Bundesligada bir mavsumda eng ko‘p gol urish bo‘yicha yangi rekord o‘rnatishi mumkin. Buning uchun Keyn qolgan 8 turda kamida 11 ta gol urishi kerak.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati