Orol dengizi bo‘yidagi ekologik vaziyat Ispaniya OAV diqqat markazida

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 15:46
Ispaniyaning yetakchi "ABC" elektron nashrida jurnalist Isroil Vianning Orol dengizi muammosiga bag‘ishlangan maqoloasi e’lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muallif yozganidek, Markaziy Osiyoda, Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida joylashgan, maydoni 68 ming kvadrat kilometr bo‘lgan ulkan suv havzasi ko‘p asrlar davomida dunyodagi to‘rtinchi yirik ko‘l bo‘lgan. Ushbu ko‘l deyarli Andalusiya yoki Kataloniyadan ikki barobar katta edi.

"1933 yilda fransuz yozuvchisi Per Benua "Oq va qora" qissasini yozib, unda Orol dengizi sohilida bahorda o‘sadigan ko‘k rangli ehtirosli gullarni tasvirlaydi, – deya eslaydi muallif. – Bugungi kunda o‘n ming yil davomida turli suv jonzotlari va o‘simliklari yashagan joyda faqat qum barxanlari bilan qoplangan bepoyon cho‘l va zanglagan kemalar qolgan".

Nashrda qayd etilishicha, Orol dengizi Amudaryo va Sirdaryodan keladigan suv bilan to‘lib turgan. Himoloy muzliklarining erishi bilan oziqlangan bu ikki daryo arteriyasi ko‘lni to‘ldirish uchun yetarli oqimga ega edi. Dengiz suv bilan to‘lib turgan paytlarda, uning atrofdagi shaharlar juda obod bo‘lib, baliqchilik, chorvachilik va dehqonchilik sanoati rivojlangan.

"Ikkinchi jahon urushidan keyin vaziyat tubdan o‘zgardi. Paxta yetishtirishni har qanday holatda ham ko‘paytirish va ekin maydonlarini jadal kengaytirish to‘g‘risidagi qarorlar iqtisodiy foyda keltirish bilan birga, oqibati uzoq davom etadigan ulkan ekologik ofatni ham keltirib chiqardi, – deya ta’kidlagan muallif. – Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, yiliga 70 kub kilometrga yetgan har ikki daryo suvining Orol dengiziga quyiladigan hissasi keskin pasayib, 20 dan past darajaga tushdi. Dengiz egallab olgan hududda esa cho‘l paydo bo‘la boshladi".

Ma’lum qilinganidek, hozirgi kunda bir paytlar sobiq ittifoqida iste’mol qilinadigan baliqning oltidan bir qismini yetkazib bergan ulkan baliqchilik porti bo‘lgan joyda qumda yotib qolgan kemalarning qoldiqlari qolgan.
"Orol dengizi chekinda, hech kim ushbu ekologik inqirozning oldini olmadi. Afsuski, bu jarayon odatda geologik va iqlimiy o‘zgarishlar sodir bo‘ladigan sekin va sezilmaydigan tezlikda emas, balki eng yuqori tezlikda sodir bo‘ldi. 90 yillar boshidagi raqamlarga ko‘ra, 1960 yildan beri Orol dengizi suvining to‘rtdan uch qismi chekinda, ko‘l yuzasi ikki barobarga, chuqurligi esa 20 metrdan ko‘proqqa qisqardi. Yaqin-yaqingacha navigasiya uchun yaroqli bo‘lgan o‘nlab kvadrat kilometr yer sho‘rlangan cho‘lga aylandi", – deb yozilgan "ABC"da e’lon qilingan maqola xulosasida.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati