Levandovski Barselonani tark etish niyatida emas

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 12
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 15:46
"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski yozgi transfer oynasida jamoani tark etish niyatida emas. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg xabar bermoqda.

Manba bergan xabarga ko‘ra, Levandovski "Barselona"da qolish istagida bo‘lishiga qaramay, saudiyalik klublar hamon 35 yoshli forvardga qiziqish bildirishmoqda.

Qolaversa, “Atletiko Madrid” ham futbolchini kuzatib bormoqda. Joriy mavsumda polshalik hujumchi barcha turnirlar doirasida 39 ta uchrashuvda ishtirok etib, 20 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Levandovskining "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining narxi 15 million yevroga teng.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati