ISHIDning Xuroson bo‘linmasi faoliyatidan xavotirdamiz — AQSh
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 14
- Формат: mp4
- Дата релиза: 27-03-2024, 15:44
Davlat departamenti matbuot kotibi Metyu Miller Vashingtondagi matbuot anjumanida tegishli bayonot berdi. Rossiya va Eronda ISHID Xurosoni uyushtirgan hujumlarga to‘xtalib, u AQSh ikkala davlatni ham terror hujumi haqida ogohlantirganini eslatdi.
Metyu Miller Yevropada so‘nggi hibsga olish jarayonlariga ham to‘xtalib, bu ISHIDning dunyoda faolligi uchun tashvish uyg‘otuvchi boshqa holatlar ekanini aytdi.
U Afg‘oniston terrorchilar uchun xavfsiz boshpanaga aylanmasligi kerakligini ta’kidlab, ular “Tolibon”ni bu bo‘yicha ogohlantirganini eslatdi. AQSh davlat departamenti bayonotlari Rossiyada sodir etilgan qonli hujumdan so‘ng ISHID Xurosonining Afg‘onistondagi faoliyati jiddiy xavotirga aylangan bir paytda aytilmoqda.