Jizzaxdagi chiqindi bilan bog‘liq holat bartaraf etildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 15:40
Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani “Yangi diyor” MFYdagi tog‘li hududga aholi tomonidan chiqindilar tashlab ketilayotganligi haqida murojaat kelib tushdi.

Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani “Yangi diyor” MFYdagi tog‘li hududga aholi tomonidan chiqindilar tashlab ketilayotganligi haqida murojaat kelib tushdi.

Holatga oydinlik kiritish maqsadida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Jizzax viloyati boshqarmasi, Sharof Rashidov tuman bo‘limi inspektorlari hamda Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi filiali, tuman hokimligi, Obodonlashtirish boshqarmasi, Ichki ishlar bo‘limi mas’ullari va mahalla vakillaridan iborat ishchi guruh joyiga chiqib, murojaatni o‘rgandi.

O‘rganish natijasida Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani “Yangi diyor” MFYdagi tog‘li hududda aholi tomonidan muntazam ravishda noqonuniy chiqindilar tashlab kelinganligi ma’lum bo‘ldi.

Shu kuni mahalla aholisi chiqindilarni belgilanmagan joyga tashlaganlik uchun qonunchilikda ma’muriy javobgarlik mavjudligi yuzasidan ogohlantirilib, tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuningdek, mahalliy aholi ko‘magida yuk ortuvchi va yuk tashuvchi 5 ta maxsus texnika jalb qilingan holda mavjud holat hashar yo‘li bilan bartaraf etilib, hudud tozalandi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati