• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Toshkent viloyatida mayning ferma tashkil etgan shaxs davlatga salkam 800 mln so‘m zarar yetkazdi

Toshkent viloyatida mayning ferma tashkil etgan shaxs davlatga salkam 800 mln so‘m zarar yetkazdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 15:32
Toshkent viloyati Zangiota tumanida mayning ferma tashkil etgan shaxs aniqlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Qayd etilishicha, departamentning Zangiota tuman bo‘limi, DXX, IIB va ETK xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda “Tokzor” MFY hududidagi xonadonda yashovchi U.O. o‘z uyida 6 dona to‘plamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmalarini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, davlat va jamiyat manfaatlariga 789,8 million so‘m zarar yetkazgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq poytaxtda elektr energiyasiga noqonuniy tarzda ulanib, 1,5 milliard so‘mlik zarar yetkazgan mayning ferma aniqlangani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, Jizzaxda ikkita mayning ferma davlatga salkam yarim milliard so‘m zarar yetkazgani ma’lum bo‘lgan edi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati