Moldovada rossiyaparast partiyaga saylovlarda ishtirok etishga ruxsat berildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 15:26
Moldova Konstitusiyaviy sudi respublika qonunchiligiga noqonuniy yoki konstitusiyaga zid partiyalarga aloqador shaxslarni 3 yil muddatga saylovlarda qatnashishini taqiqlovchi tuzatishni konstitusiyaga zid deb topdi, deya xabar berdi Reuters.

Mazkur qaror bilan "Shor" rossiyaparast kayfiyatdagi partiyasi a’zolarining saylovda ishtirok etishiga qo‘yilgan taqiq bekor qilinadi. Uning rahbari, biznesmen Ilan Shor Moldova bank tizimidan milliard dollar o‘g‘irlaganlikda ayblanib, xalqaro qidiruvga berilgan, partiya faoliyati esa mamlakat konstitusiyasiga zid deb topilgan edi.

Moldova parlamenti spikeri Igor Grosu sud qarorini izohlar ekan, hukumat bu qarorga amal qilishini, biroq jinoiy tashkilotlarga aloqador har qanday shaxsning saylovlarda ishtirok etishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha sa’y-harakatlarini amalga oshirishini aytdi, deb yozadi Reuters.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati