Inter Acherbi borasida yakuniy qarorga keldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 12
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 15:22
Himoyachi Franchesko Acherbi katta ehtimol bilan "Inter"da o‘ynashni davom ettiradi. Insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlarda bergan ma’lumotlarga ko‘ra, "neradzurrilar" rahbariyati futbolchi bilan hamkorlikni 2026 yilning o‘rtalariga qadar uzaytirmoqchi.

Joriy mavsumda Franchesko milanliklar safida 32 ta o‘yinda ishtirok etdi. Futbolchining hisobida ikkita gol va ikkita golli uzatma bor. Acherbining "neradzurrilar" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan. Himoyachining transfer narxi to‘rt million yevroga baholanmoqda.

A Seriyaning 29-turi natijalariga ko‘ra, "Inter" turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati