«Hayot davomida ta’lim olish» tamoyiliga asoslangan platforma ishga tushirildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 15:12
Ushbu platforma davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining raqamlashtirishga mas’ul o‘rinbosarlari hamda xodimlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, «Hayot davomida ta’lim olish» tamoyiliga asoslangan.

Platformani yaratishdan maqsad – raqamli texnologiyalar sohasidagi mutaxassislar malakasini oshirish orqali raqamli transformasiya yo‘nalishidagi eng so‘nggi bilim va ilg‘or tajribalardan foydalanish imkoniyatini yaratish, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarida innovasion yechimlarni joriy etishga ko‘maklashishdir, deyiladi Raqamli texnologiyalar vazirligi ma’lumotida.

Prezidentimizning 2023 yil 24 maydagi «Mamuriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosi yuzasidan

Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan videokonferensaloqa shaklida raqamlashtirishga mas’ul davlat organlari va tashkilotlari mas’ullari bilan seminar tashkil etildi.

Seminarda «Hayot davomida ta’lim olish» onlayn platformasi bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha muhokamalar o‘tkazilib, uning funksionalligi va mavjud resurslari tanishtirildi, deyiladi. Seminarda platformani yanada takomillashtirish yuzasidan taklif va mulohazalar muhokama qilindi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati