• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Nikolay Valuyev Parij Olimpiadasida rossiyalik sportchilar kamsitilishi mumkinligini aytib o‘tdi

Nikolay Valuyev Parij Olimpiadasida rossiyalik sportchilar kamsitilishi mumkinligini aytib o‘tdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 15:04
Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Nikolay Valuyev 2024 yilgi Olimpiadada rossiyalik sportchilar kamsitilishi mumkinligini aytib o‘tdi.

“Ular bizning sportchilarimizni omma oldida kamsitishga urinishlari mumkin, sportchilar u yerga borib, ularga shu imkoniyatni taqdim etadi. Har qanday o‘zboshimchaliklarga tayyor bo‘lish kerak. Lekin hech kim tayyor emasligini amaliyotdan ko‘ryapmiz.

Shu voqealar fonida Olimpiada o‘yinlariga borishimiz kerakmi? Sportchilar butun umri davomida o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rgan, tushunaman. Lekin jiddiy o‘ylab ko‘rish lozim. Agar qaror qabul qilingan bo‘lsa, buning oqibatlarigayam tayyor turish kerak.

Albatta, hamma erkin qaror qabul qilish huquqiga ega. Ammo kelgusida bu narsa salbiy va yoqimsiz bo‘lishi mumkin. Parijga borishdan oldin, yaxshiroq o‘ylab ko‘rish kerak”, — deydi Valuyev.

Parij—2024 Olimpiadasi 26 iyuldan 11 avgustga qadar davom etadi. Rossiyalik sportchilar ham Olimpiadada ishtirok etishi mumkin bo‘ladi, biroq ular neytral statusga ega bo‘ladi hamda saralashlardan o‘tadi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati