Toshkentda qalbaki 28,3 ming dollarni sotishga uringan shaxslar ushlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 21
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 14:52
Toshkent shahrida qalbaki AQSh dollarini sotayotgan shaxslar ushlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Qayd etilishicha, departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan DXX hamda IIBB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazgan. Tadbirda fuqarolar A.R., I.I. va boshqalar Yashnobod tumani hududida jami 18,8 ming AQSh dollarini fuqaro A.Q.ga 141 million so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, ulardan jami 283 dona 100 dollarlik qalbaki kupyuralari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bundan oldin Navoiy viloyati IIB TQX Jinoyat qidiruv bo‘limi, DXX Navoiy viloyati boshqarmasi va departament xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda jinoiy guruh tomonidan 400 million so‘m soxta pullar 160 million so‘m haqiqiy pullarga almashtirilayotgan paytda qo‘lga olingandi. Aprel boshlarida esa Toshkent shahri Yangihayot tumanida xaridor qalbaki pulga iPhone sotib olgani, Toshkent viloyati Angren shahrida qalbaki pullar muomalaga kiritilishining oldi olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati