Varshavada O‘zbekiston polshalik bolalar nigohida rasmlar tanlovi o‘tkazildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 20
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 14:48
Mamlakatimiz elchixonasi tomonidan O‘zbekiston va Polsha o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining o‘ttiz ikki yilligi hamda Navro‘z bayrami munosabati bilan Varshavada "O‘zbekiston polshalik bolalar nigohida" mavzusida rasmlar tanlovi o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tanlov 1876-1896 yillarda Samarqand shahrida yashagan sayohatchi, Markaziy Osiyo madaniyati tadqiqotchisi, fotograf va etnograf Leon Barshevskiyning nabirasi Igor Stroyeskiy bilan hamkorlikda Varshavadagi Zigmunt Yan Rumla nomidagi shahar kutubxonasida tashkil etildi.

Unda Polshadan 50 dan ortiq jajji mo‘yqalam sohiblari o‘z ijod namunalari bilan qatnashdi.

Tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimida Polsha tadqiqot institutlari, muzey va kutubxonalari va yetakchi OAV vakillari qatnashdilar.

Mamlakatimiz diplomatik vakolatxonasi xodimlari tadbir avvalidagi ma’ruzalarida O‘zbekiston va Polsha o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan 32 yil davomida o‘zaro aloqalar deyarli barcha sohalarda, shuningdek, xalqaro tashkilotlar doirasida izchil rivojlanib kelayotganini ta’kidladilar. O‘tgan tarixan qisqa davrda O‘zbekiston va Polsha o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda salmoqli natijalarga erishilgani qayd etildi. Shuningdek, o‘zbek va polyak xalqlarini ko‘hna tarix va mushtarak madaniyat bir-biri bilan chambarchas bog‘lab turishi ta’kidlandi. Xususan, O‘zbekiston bilan hayoti bog‘lik bo‘lgan sayohatchi, fotograf va etnografchi Leon Barshevskiy, general Vladislav Anders armiyasi va Anna German xotirasi yodga olindi.

Ishtirokchilar e’tiboriga mamlakatimizda Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga bag‘ishlangan videolavha taqdim etildi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy yilda Navro‘z umumxalq bayrami mamlakatimizda "Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!" degan bosh g‘oya asosida keng nishonlanayotgani ma’lum qilindi.
Tadbir yakunida "O‘zbekiston polshalik bolalar nigohida" rasmlar tanlovi g‘oliblariga elchixona tomonidan maxsus diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati