Qozog‘iston Rossiya o‘rniga Turkmaniston elektr energiyasidan foydalanishi mumkin

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 28
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 14:40
Qozog‘iston energetika vaziri Almasadam Satkaliyev Turkmanistonning elektr energiyasi va gaz yetkazib berish taklifiga munosabat bildirdi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.

“Biz Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan barcha hamkasblarimiz bilan energiya resurslarini o‘zaro almashish va yetkazib berish bo‘yicha muntazam maslahatlashuvlar olib boramiz. Umuman olganda, Turkmaniston elektr energiyasini yetkazib berish imkoniyatiga ega. Qirg‘izistonga eksport hozirdanoq yo‘lga qo‘yilgan.

Biz o‘z ehtiyojlarimiz va ta’mirlash jadvalimizdan kelib chiqib harakat qilamiz. Umuman olganda, biz iste’molchilarimiz uchun tijoriy manfaatdan kelib chiqib, turkmanistonlik hamkasblarimizning ham gaz, ham elektr energiyasi bo‘yicha takliflarini ko‘rib chiqishga tayyormiz”, — dedi Almasadam Satkaliyev hukumat majlisida.

Qozog‘istonda bu yil kuz-qish davrida elektr energiyasi taqchilligi taxminan 1,025 gigavattni tashkil qiladi. Kamomadni Rossiyadan qoplash rejalashtirilmoqda. Jurnalistlar vazirdan Qozog‘iston qulay taklif bo‘lsa, Turkmanistonga ustunlik berishi mumkinmi, deb so‘rashgan.

14 mart kuni Turkmaniston milliy yetakchisi, Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov Turkmaniston Qozog‘istonga tabiiy gaz va elektr energiyasini eksport qilishi mumkinligini aytgandi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati