Gruziya terma jamoasining barcha a’zosi Shon-sharaf ordeni bilan taqdirlanadi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 14:08
Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze milliy terma jamoaning barcha futbolchilari 2024 yilgi Yevropa chempionatiga chiqqani uchun "Shon-sharaf" ordeni bilan taqdirlanishini aytdi.

"Shaxsan men muxlis sifatida bu kunni 30 yildan beri kutganman. Yigitlar esa bizga eng katta baxtni berishdi. Bu yigitlar qahramonlar, qahramonlarni qadrlash kerak. Bular eng hurmatli odamlar, shuning uchun biz kichik bir qarorga keldik - bizning yigitlarimiz "Shon-sharaf" ordeni bilan taqdirlanadilar, hamma!" — deb yozdi Kobaxidze ijtimoiy tarmoqlarda.

Gruziya terma jamoasi tarixda ilk bor Yevro-2024 final bosqichiga yo‘l oldi va u yerda Portugaliya, Chexiya va Turkiya bilan bir guruhda o‘ynaydi. Yevropa chempionati 2024 yilning 14 iyundan 14 iyuliga qadar Germaniyada bo‘lib o‘tadi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati