Xorazmda ikki kelin o‘z sarpolarini erining uyidan MIB orqali qaytarib oldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 13:56
Xorazm viloyati Bog‘ot tumanida ikki kelin o‘z sarpolarini erining uyidan MIB orqali qaytarib oldi. Bu haqda MIB axborot xizmatiga tayanib, “Daryo” xabar berdi.

Aytilishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor G‘.A.dan undiruvchi M.T.ning foydasiga 17 turdagi mol-mulklarini olib berish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati byuroning Bog‘ot tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushadi. Bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida undiruvchining mol-mulklari to‘liqligicha o‘ziga olib berildi va ijro hujjatining ijrosi tamomlandi.

Bundan tashqari, ushbu sudning qarzdor R.M.dan undiruvchi B.S.ning foydasiga 53 xil turdagi 26,4 million so‘mlik mol-mulklarini olib berish to‘g‘risidagi ijro hujjati byuroning Bog‘ot tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

Mazkur ijro hujjati yuzasidan davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida undiruvchining mol-mulklari to‘liqligicha o‘ziga olib berilib, ijro hujjatining ijrosi ta’minlandi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati