Pokistondagi portlashda 5 nafar Xitoy fuqarosi halok bo‘ldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 13:50
Pokiston shimoli-g‘arbida 26 mart kuni tongda yuzaga kelgan xudkushlik hujumi oqibatida kamida besh nafar Xitoy fuqarosi halok bo‘lgan. Bu haqda Anadolu nashri xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Xayber-Paxtunxva provinsiyasining Shangla tumanida portlovchi modda ortilgan mashina Xitoy fuqarolarini olib ketayotgan kortejga borib urilgan. Oqibatda 5 nafar xitoylik va ularni olib ketayotgan pokistonlik haydovchi voqea joyida vafot etgan.

Voqea haqida dastlab Malakund viloyati bosh inspektori o‘rinbosari Muhammad Ali ma’lum qilgan. Inspektor tekshiruv ishlari davom etayotganini ma’lum qilgan.

Halokatga uchragan xitoylik muhandislar Islomoboddan Xayber-Paxtunxva viloyatining Yuqori Kohiston tumanidagi Dasu shahriga ketayotgan bo‘lgan.

Hozircha hech qaysi terroristik tashkilot xitoy fuqarolariga hujum uchun javobgarlikni bo‘yniga olmagan. Jinoyatni sodir etganlar ham voqea joyida halok bo‘lgan.

Bundan oldin, 2021 yil iyul oyida Xayber-Paxtunxva viloyatining Kohiston tumanida ham xudkushlik hujumi oqibatida to‘qqiz nafar Xitoy fuqarosi halok bo‘lgan edi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati