“Sadoi Farg‘ona”dan “Farg‘ona haqiqati”gacha 110 yil

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 13:42
O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi tashabbusi bilan shu yil 15 aprel kuni “Sadoi Farg‘ona” gazetasining milliy matbuot shakllanishi va jadidchilik harakatidagi o‘rni” mavzuida respublika ilmiy konferensiyasi o‘tkazishga hozirlik ko‘rilmoqda.

Bugungacha 35 nafardan ziyod olim, siyosatchi, tarixchi va mamlakat ommaviy axborot vositalari rahbar hamda vakillari shu mavzuda ilmiy ma’ruza qilish istagini bildirdilar. “Sadoi Farg‘ona” gazetasi asoschilari – jadidlar Ashurali Zohiriy, Obidjon Mahmudov, Abdulhamid Cho‘lpon, Hamza hayoti va ijodi, gazetachilik faoliyati tahlil qilingan ma’ruzalar konferensiya kuniga qadar alohida to‘plam sifatida chop etishga tayyorlanmoqda.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, “Sadoi Farg‘ona” gazetasiga asos solgan nomlari yuqorida tilga olingan muassis va ijodkorlar bu gazeta chor Rossiyasi amaldorlari tomonidan yopilgach, uni “El bayrog‘i”, “Mehnat bayrog‘i”, “Farg‘ona”, “Yangi Farg‘ona” kabi nomlarda 1926 yilga qadar nashr etib kelganlar. Keyinchalik u “Kommuna”, “Farg‘ona haqiqati”, “Oltin vodiy”, “Farg‘ona tongi” kabi nomlarda chiqarilgan. 1992 yildan yana “Farg‘ona haqiqati” nomi bilan shu kungacha chop etib kelinmoqda.

Ilmiy-amaliy konferensiyada “Sadoi Farg‘ona”dan “Farg‘ona haqiqati”gacha bo‘lgan 110 yillik mashaqqatli ijod yo‘li muhokama etiladi.

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi mazkur anjumanga barcha qiziqqan hamyurtlarimizni taklif etar ekan, u o‘zbek milliy matbuoti tarixini yaratishda muhim ahamiyatga ega, deb hisoblaydi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati